Qo’shni davlatlarda koronavirus bo’yicha holat qanday? Bu haqda nashrimiz tomonidan tayyorlangan kunlik yangi ma’lumotlar bilan tanishing.

Foto: Kloop

2020-yil 18-sentabr holatiga ko‘ra, Qozog‘istonda koronavirus yuqtirib olganlar soni 107 134 kishiga yetdi. Bemorlarning 101 610 nafari butunlay tuzaldi. 1671 ta o‘lim holati qayd etildi.

2020-yil 18-sentabr holatiga ko‘ra, Qirg‘izistonda koronavirusga chalinganlar soni 91 kishiga ko’payib, jami 45 244 taga ko’tarildi. Infeksiya tufayli o’lim holati 1063 tani tashkil etmoqda. Mamlakatda kasallikdan tuzalganlar esa 41 415 kishiga yetgan.

Tojikistonda esa bugun, 18-sentabr holatiga ko’ra, kasallanganlar soni 9214 tani tashkil etmoqda va jami 73 ta o’lim qayd etilgan. Mamlakatda COVID-19’dan davolanganlar soni 7988 nafarga yetgan.

Afg’onistonda 18-sentabr holatiga ko’ra, koronavirus bilan bog’liq holatlari soni 38 872 nafarni tashkil etmoqda. 1436 kishi ushbu infeksiya qurboniga aylangan. 32 505 kishi esa kasallikdan sog’aygan.

Turkmaniston davlatida hozirgacha rasman infeksiya qayd etilmagan.

Mavzuga doir:
Sentabr oxirida koronavirus bilan yoppasiga bemorlanish boshlanishi mumkin – Boronov
Qozog‘iston vaksinasi yuqori baholandi

So’nggi ma’lumotlarga ko’ra, dunyoda 30 milliondan ortiq koronavirus virusi yuqtirilgan, ulardan 944 ming nafari infeksiya tufayli vafot etganlardir.