O‘zbekistondan Janubiy Koreyaga borish uchun koronavirusga test topshirish bo‘yicha laboratoriyalar ro‘yxati o‘zgardi. Bu haqda Koreya Respublikasining O‘zbekistondagi elchixonasi ma’lum qildi, deb yozmoqda Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi.

Foto: RIA Novosti

Karantin choralarini kuchaytirish maqsadida 22-sentabrdan boshlab O‘zbekistondan Koreya Respublikasiga boruvchi fuqarolar parvozgacha 48 soat davomida faqat Toshkent shahri Yakkasaroy tumani, Qushbegi 11 mavzesida joylashgan “SWISS LAB” klinik-diagnostika laboratoriyasi (+99897 101-21-12) hamda Toshkent shahri Mirobod tumani Qo‘yliq 5 mavzesi Yangi Qo‘yliq 1A ko‘chasida joylashgan “KOREA NO 1 LABORATORY”da (+99899 805-59-68) koronavirusga test topshirishi hamda bu to‘g‘risida ingliz tilida tibbiy ma’lumotnomaga ega bo‘lishi shart“, – deyiladi xabarda.

Mavzuga doir:
Rossiya migratsiya kartalari va yashash uchun ruxsatnomalar tizimini isloh qilmoqda
Koreyada ishlayotgan O‘zbekiston fuqarolari ogohlantiriladi – Migratsiya agentligi