DXX Buxoro viloyati boshqarmasi xodimlarining Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning hududiy boshqarmasi bilan hamkorlikda o‘tkazgan tezkor tadbiri natijasida, Buxoro shahrida ham katta miqdordagi qalbaki xorij valyutasining muomalaga kiritilishiga chek qo‘yildi.

Foto: Skrinshot

Aniqlanishicha, mamlakatga yashirincha olib kelingan soxta chet el valyutasini Toshkent shahrida yashovchi “T.X.” va “T.M.” sotish maqsadida Buxoro shahriga olib borishadi.

Ma’lum qilinishicha, ular qalbaki 88 450 AQSh dollarini 34 000 AQSh dollariga sotgan vaqtlarida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Shuningdek, ularning yonida yana 10 050 soxta AQSh dollari borligi ma’lum bo‘ldi. Tezkor tadbir davomida jami 98 500 qalbaki AQSh dollari musodara qilingan.

Hozirda mazkur holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

Mavzuga doir:
DXX tomonidan katta miqdordagi kuchli ta’sir qiluvchi dori vositalari musodara qilindi
DXX korrupsiya va firibgarlik bilan bog‘liq qator holatlarga chek qo‘ydi

Eslatib o’tamiz, sal avval Andijonda $180 mingni chegara to‘sig‘i ustidan uloqtirgan fuqaro qo’lga olingani xabar berilgandi.