Aniqlanishicha, fuqaro chet el valyutasini davlat chegarasidan o‘tkazib berish evaziga haq olishi kerak bo‘lgan.

Foto: Skrinshot

Ma’lum qilinishicha, fuqaro X.N. 180 ming AQSh dollarini chegara to‘sig‘i ustidan uloqtirish orqali qo‘shni Qirg‘iziston Respublikasiga o‘tkazmoqchi bo‘lganida ushlangan.

Dastlabki surishtiruv harakatlari davomida aniqlanishicha, X.N. 200 ming so‘m evaziga ushbu chet el valyutasini davlat chegarasidan o‘tkazib berishi kerak bo‘lgan.

Hozirda X.N.ga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, xorijiy valyutaning haqiqiy egasini aniqlash bo‘yicha chora-tadbirlar ko‘rilmoqda.

Mavzuga doir:
DXX tomonidan katta miqdordagi kuchli ta’sir qiluvchi dori vositalari musodara qilindi
DXX korrupsiya va firibgarlik bilan bog‘liq qator holatlarga chek qo‘ydi