Boliviyaning muvaqqat prezidenti Janin Anes prezidentlik saylovlarida o’z nomzodini qaytarib olishini aytdi va mamlakatning o’ng kuchlarini sotsialistik harakatga qarshi birlashishga chaqirdi.

Foto: RIA Novosti

“Bugun men Boliviya prezidentligiga nomzodimni qaytaraman. Bu qurbonlik emas, balki katta sharaf, chunki men buni demokratik nomzodlar o’rtasida ovozlarning bo’linishi xavfi oldida qilaman”, – dedi siyosatchi Facebook’dagi sahifasida joylashtirilgan videomurojaatida.

Anesning fikriga ko’ra, agar o’ng qanot kuchlari birlashmasa, saylovlarda g’alaba Evo Moralesning “Sotsializmga o’tish harakati” siyosiy harakati tomonidan qo’lga kiritilishi mumkin.

Mavzuga doir:
Boliviya sobiq prezidentiga jinoyat ishi ochildi
Boliviya sog‘liqni saqlash vazirida koronavirus aniqlandi
Boliviyada samolyot qulashi oqibatida olti kishi halok bo‘ldi

Eslatib o’tamiz, avvalroq Boliviyaning muvaqqat prezidenti Janin Anes koronavirusga chalinib, sog’aygani haqida xabar bergandik.