“VEB.RF” davlat korporatsiyasi va “Kamaz Asia Leasing” oʻzbek-rus qoʻshma korxonasi Oʻzbekistonda “Kamaz” rusumli avtomobil va maxsus texnikalarni xarish qilishni moliyalashtirishga doir kredit shartnomasini imzoladi, deb xabar qilmoqda Sputnik muxbiri.

Foto: Sof.uz

Bitim davlat korporatsiyasining Oʻzbekistonga biznes-missiyasi doirasida imzolangan.

“Rossiyalik sanoat va xom-ashyo boʻlmagan mahsulotlar eksportchilari uchun Oʻzbekiston respublikasi bugungi kunda Markaziy Osiyoda asosiy hamkor sanaladi”, – dedi imzolash marosimida “VEB” raisi oʻrinbosari Daniil Algulyan.

Korporatsiya maʼlumotlariga koʻra, bitim doirasida “UzAutoTraile” MCHJning ishlab chiqarish joylarida yigʻilgan 250 donacha “Kamaz” avtomobili va maxsus texnikasini xarid qilishni moliyalashtirish uchun 12,5 million yevro kredit berish liniyasi ochilishi nazarda tutiladi. Texnika oʻzbek kompaniyalariga lizingga beriladi.

Mavzuga doir:
O’zbekistonda “Volkswagen” yengil tijorat avtomobillarining zamonaviy modellari ishlab chiqariladi

Eslatib o’tamiz, kecha “GAZ” Oʻzbekistonda yengil tijorat avtomobillarini ishlab chiqarishi haqida xabar bergan edik. Shuningdek, Jizzaxdagi zavodda KIAning eng yangi modellari ishlab chiqarilishi ham ma’lum qilingandi.