Germaniya chempionatining 11-divizionidagi “Ripdorf-Molsen II” jamoasi futbolchilari ijtimoiy masofaga saqlashga qaror qilishgani uchun “SV Xoldenshtedt”dan 37 ta gol o‘tkazib yuborishdi. Bu haqda “Goal” xabar berdi.

Foto: Telegram / @Tashqaridauz

“Ripdorf” prezidenti Patrik Ristou bundan oldingi o‘yinda uning futbolchilari koronavirusni yuqtirgan o‘yinchilar bilan aloqada bo‘lishganini, shu bois ehtiyot choralarini ko‘rishga qaror qilishganini aytib o‘tdi.

Klub rahbariyati musobaqani boshqa kunga qoldirishga urinib ko‘rgan, biroq rad javobini olgan. Shundan so‘ng futbolchilar maydonda aloqa qilishdan qochishga va ijtimoiy masofa saqlashga qaror qilishgan.

13-sentabr kuni bo‘lib o‘tgan o‘yinda “SV Xoldenshtedt” 37:0 hisobida g‘alaba qozongan.

“SV Xoldenshtedt” murabbiyining fikricha, “Ripdorf-Molsen II” koronavirusni yuqtirib olish xavfini bo‘ttirib yuborgan.

“Menimcha, biz bilan o‘ynamaslikka hech qanday sabab yo‘q edi”, — deya ta’kidlagan u.

Mavzuga doir:
Forbes yilning eng ko‘p maosh oladigan futbolchilari reytingini e’lon qildi