So’ngi 24 soat ichida Janubiy Koreyada COVID – 19 koronavirusi bilan kasallanganlar soni 248 kishiga ko’paydi, yuqtirganlarning umumiy soni 7382 kishiga yetdi va 51 kishi vafot etdi, deya xabar beradi dushanba kuni mamlakat tibbiy idoralari.

janubiy koreya koronavirus
Foto: Yonhap axborot agentligi

Yangi holatlarning 190 tasi Tegu shahrida, 26 tasi Shimoliy Kyonsang provinsiyasida.

Jami 166 bemor tuzalib, shifoxonalardan chiqarilishdi.

Janubiy Koreya Tashqi ishlar vazirligining ma’lumotlariga ko’ra, hozirgi kunga qadar dunyoning 106 mamlakati va mintaqalari Janubiy Koreyaga kelgan fuqarolarga kirishni taqiqlagan yoki karantin choralarini joriy etgan.