2020-yil 17-sentabr soat 23:30 holatiga ko‘ra, O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 49 761 (+134) nafarni tashkil etmoqda.

Yangi kasallanish holatlarining 115 nafari Toshkent viloyatida, 19 nafari Toshkent shahrida tana harorati ko‘tarilganligi hamda koronavirusga chalingan bemorlar bilan muloqotda bo‘lganligi sababli namuna olingan fuqarolar orasida aniqlangan.

Shu bilan birga, Angren shahrida yashagan 44 yoshli X.T. (erkak) hamda Bo‘stonliq tumanida yashagan 11 yoshli M.U. (o‘g‘il bola), jami 415 (+2) nafar koronavirusga chalingan bemor vafot etdi.

Bugun Toshkent shahrida 426 nafar, Toshkent viloyatida 109 nafar, Namangan viloyatida 50 nafar, Andijon viloyatida 9 nafar, Sirdaryo viloyatida 6 nafar, Farg‘ona viloyatida 5 nafar, Qashqadaryo viloyatida ham 5 nafar, Xorazm viloyatida 4 nafar, Surxondaryo viloyatida 3 nafar hamda
Qoraqalpog‘iston Respublikasida 1 nafar bemor tuzaldi.

Shunday qilib yurtimizda 46 092 (+618) nafar koronavirus infeksiyasiga chalingan fuqarolar (93 foiz) sog‘aygan.

Hozirda mamlakatimizda 3254 nafar bemorga shifokorlarimiz tomonidan belgilangan standartlar bo‘yicha davo choralari ko‘rilmoqda.