Mamlakatimizda fuqarolarning boshqa huquq va erkinliklari qatori vijdon va e’tiqod erkinligini ta’minlashga ham alohida e’tibor qaratib kelinmoqda.

Foto: Google

Ana shundan kelib chiqib, joriy yilning 17-sentabr kuni Samarqand viloyati Adliya boshqarmasi tomonidan “Yangiobod” masjidi ro‘yxatdan o‘tkazilib, uning ro‘yxatdan o‘tkazilgani to‘g‘risidagi guvohnoma diniy tashkilotga topshirildi.

Ma’lumot uchun, Samarqand viloyatidagi masjidlar soni 286 taga yetdi.

Mavzuga doir:
Masjidlarda ibodatlarni tashkil etish talablari belgilandi
Toshkent viloyati bosh imom-xatibi olamdan o’tdi