2020-yil 1-oktabrdan O‘zbekistonga aviatsiya, temir yo‘l va avtoyo‘l o‘tkazish punktlari orqali kirib-chiqishga taqiq bekor qilinadi. Bu haqda Respublika maxsus komissiyasining navbatdagi axborotida ma’lum qilindi.

Foto: Dunyo

Qarorda karantin tadbirlarini bosqichma-bosqich yumshatish, xususan, xalqaro qatnovlarni tiklash orqali aholi hamda tadbirkorlik sub’yektlari uchun qulay shart-sharoit yaratish muhim ahamiyat kasb etayotgani qayd etilgan.

“Respublika aeroportlarida, temir yo‘l stansiyalarida va chegara punktlarida shaxslar va transport vositalarini harakatlanishi bo‘yicha bundan oldin kiritilgan cheklovlar yumshatilib, 2020-yil 1-oktabrdan mavjud karantin vasanitariya-gigiyena talablariga qat’iy rioya etgan holda O‘zbekiston Respublikasiga aviatsiya, temir yo‘l va avtoyo‘l o‘tkazish punktlariorqali kirib-chiqishga ruxsat berildi”, – deyiladi maxsus komissiya qarorida.

Maxsus komissiyaning 2020-yil 31-avgustdagi qarori bilan tasdiqlangan Koronavirus pandemiyasi davrida muntazam xalqaro aviaqatnovlarni amalga oshirish tartibi to‘g‘risida vaqtinchalik yo‘riqnoma talablari barcha turdagi xalqaro aviaqatnovlarga va xalqaro temir yo‘l qatnovlarini amalga oshirish holatlariga ham tegishliligi bo‘yicha tatbiq etilishi belgilangan.

Mavzuga doir:
“JSST dezinfeksiya tunnellarini taqiqlamoqda” – SSV
O’zbekistonda dezinfeksiya tunnellari o’rniga antiseptik eritmalari bo’lgan qurilmalar o’rnatiladi
“Aks holda qattiq karantin yana qaytadi” – Maxsus komissiya murojaati