Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish qo‘mitasi raisi Shavkatjon Abdurazzoqov boshchiligidagi mutasaddilar Ohangaronda joylashgan Toshkent maishiy chiqindi poligoni hamda Yashnobod tumani chiqindilarni qayta yuklash stansiyasidagi holatni o‘rgandi. Bu haqida Jurnalist Azizbek Abduvaliyev telegram kanali xabar bermoqda.

Foto: Jurnalist Azizbek Abduvaliyev telegram kanali

Ohangarondagi maishiy chiqindi poligoni sanitar holati qoniqarsiz ekanligi qayd etilib, uning atrof-muhitga salbiy ta’sirining oldini olish va hududni obodonlashtirish chora-tadbirlari belgilandi.

Xususan, poligonda qo‘riqlashni kuchaytirish, bu yerga olib boruvchi yo‘lni ta’mirlash, poligonga xususiy chiqindilarni qayta ishlovchi korxonalarni keng jalb qilish, chiqindilarni qayta ishlash orqali poligon kengayishining oldini olish masalalari kelishib olindi.

Respublika shaharlarida sanitar-tozalash xizmatlarini ko‘rsatib kelayotgan “Toza hudud” va “Maxsustrans” korxonalarini davlat-xususiy sherikchilik sharti bilan tadbirkorlik subyektlariga biriktirib berish masalasi ham ko‘rib chiqildi.