Surxondaryo viloyati Denov tumanidagi yangi oʻquv yilida oʻquvchilar uchun eshigini ochgan 9 ta maktab yana faoliyatini toʻxtatdi. Bu haqda tuman hokimligi matbuot xizmati xabar bermoqda.

Foto: RIA Novosti

Maktablar yopilishiga tumanda koronavirus pandemiyasi bilan gumon qilinayotgan fuqarolar soni oshgani sabab boʻlgan.

Tumanda bosqichma-bosqich anʼanaviy tarzda oʻz faoliyatini boshlagan umumiy oʻrta taʼlim maktablari pandemiya sharoiti barqarorlashguniga qadar quyidagi maktablar faoliyati toʻxtatiladi: 27, 50, 52, 55, 96, 42, 46, 53, 24-maktab.

Ushbu maktablar faoliyatini anʼanaviy tarzda boshlagunga qadar oʻquvchilar onlayn tarzda, yaʼni “Onlayn-maktab” loyihasi doirasidagi televizion darslar orqali dars mashgʻulotlarini amalga oshiradi.

Mavzuga doir:
Endi 8-9-sinf o‘quvchilariga dasturchi, dizayner, tarjimon kasblari o‘rgatiladi
XTVda yana bir vazir o‘rinbosari lavozimi joriy etiladi
Bugun Oʻzbekistonda 2635 ta maktablarda darslar boshlandi

Eslatib oʻtamiz, avvalroq Toshkentdagi ikkita maktab ochilganidan ikki kun oʻtib oʻqituvchilarda koronavirus aniqlangani bois karantinga yopilgani haqida xabar qilingan edi.