Koronavirusga qarshi Rossiya vaksinasini birinchi bo‘lib Belarus respublikasi oladi, deya e’lon qildi RF TIV rasmiy vakili Mariya Zaxarova. Bu haqda RIA Novosti xabar qildi.

Foto: Sputnik

“Belarus koronavirusga qarshi Rossiya vaksinasini olgan birinchi mamlakat bo‘ladi”, — dedi Zaxarova payshanba kuni bo‘lib o‘tgan brifing paytida.

Eslatib o’tamiz, Gamaleya nomidagi ilmiy markaz tomonidan Rossiya to’g’ridan-to’g’ri investitsiya fondi bilan hamkorlikda ishlab chiqilgan koronavirusga qarshi birinchi vaksina “Sputnik V” nomini oldi va u 11-avgust kuni dunyoda birinchilardan bo’lib ro’yxatga olindi.

Avvalroq, koronavirusga qarshi Rossiya vaksinasiga 50 ta mamlakat qiziqish bildirayotgani aytilgandi. Shuningdek, kecha vaksinaning ishtirokchilariga tavsiyalar eʼlon qilingandi.

Bugun ertalab AQSh davlat rahbari Tramp ham mamlakatda koronavirusga qarshi emlash oktabrda boshlanishini va’da qilgani haqida aytilgandi.

So’nggi ma’lumotlarga ko’ra, dunyoda 29 milliondan ortiq koronavirus virusi yuqtirilgan, ulardan 939 ming nafari infeksiya tufayli vafot etganlardir.