Mazkur holat yuzasidan dastlabki surishtiruv ishlari olib borilmoqda.

Foto: YHXBB axborot xizmati

YHXBB axborot xizmatining dastlabki ma’lumotlariga ko‘ra, bugun, 17-sentabr kuni soat taxminan 18:30 larda, Toshkent shahar, Yunusobod tumani, Bog‘ishamol ko‘chasi, Botanika bog‘i qarshisida “Spark” va “Matiz” rusumli transport vositalari ishtirokida to‘qnashuv sodir bo‘lib, “Matiz” avtomashinasida yong‘in yuzaga kelgan.

Natijada, “Spark” rusumli avtomobil haydovchisi va yo‘lovchisi hamda “Matiz” rusumli transport vositasi haydovchisi tan jarohati olib shifoxonaga jo‘natilgan.

Mavzuga doir:
Bir paytda Mirobod va Chilonzorda ikki kafe yonib ketdi
Toshkentdagi ko‘chalardan biri ikki haftaga yopiladi

“Matiz” rusumli avtomobilda yuzaga kelgan yong‘in bartaraf etilgan.

Qo’shimcha qilinishicha, hozirda mazkur holat yuzasidan dastlabki surishtiruv ishlari olib borilmoqda.