O‘zbekiston va Qozog‘iston aviakompaniyalari vakillari Urganch va Aqtau o‘rtasida doimiy reyslarni ochish masalasini ko‘rib chiqishdi.

Foto: Uzbekistan airways

Bu haqda videokonferensiya davomida O‘zbekiston va Qozog‘iston aviakompaniyalari vakillari, shuningdek Xorazm viloyati ma’muriyati va Mang‘istau viloyati hokimligi gaplashdilar.

“Uchrashuv hududlararo hamkorlikni yangi bosqichga ko‘tarish uchun samarali platforma bo‘lib xizmat qiladi, Urganch va Aqtau o‘rtasida doimiy reyslarning ochilishi O‘zbekiston va Qozog‘iston o‘rtasida turizm rivojiga hissa qo‘shadi”, – deb ishonch bildirgan O‘zbekistonning Bosh konsuli Nodirjon Turg‘unov.

Shu bilan birga, Mang‘istau viloyati industriya va innovatsion rivojlanish boshqarmasi boshlig‘i Nurbek Aytjan tadbir ishtirokchilariga qozoq-o‘zbek hamkorligining bugungi rivoji to‘g‘risida so‘zlab berdi, shuningdek, Xorazm viloyati bilan hududlararo hamkorlikda erishilgan yutuq va viloyat rahbariyati nomidan Aqtau – Urganch yo‘nalishida doimiy reyslarning ochilishini to‘liq qo‘llab-quvvatlagan.

Mavzuga doir:
Oʻzbekiston va Qozogʻiston davlat chegaralari yopiqligicha qolmoqda
Pandemiya boshlangandan beri Uxanga ilk xalqaro reys amalga oshirildi
Vetnam olti mamlakat bilan parvozlarni tiklamoqda

Bundan tashqari, muloqot davomida mutaxassislar Urganch va Aqtau o‘rtasida havo aloqasini ochishning amaliy masalalarini ko‘rib chiqishgan.

Aqtau aeroporti direktori Selchuk Kiledji va uning o‘rinbosari Meruyert Joldibayeva ikki mamlakatning sayyohlik salohiyatiga bag‘ishlangan “Ipak yo‘lini Aqtaudan ochish” mavzusida taqdimotlar qildilar.

Eslatib oʻtamiz, Oʻzbekiston va Qozogʻiston 11-sentabrdan rasman muntazam parvozlarni qayta tiklagan edi.