Avval xabar qilganimizdek, “Test tizimini takomillashtirishga qaratilgan qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” Hukumat qarori (562-son, 17.09.2020 y.) qabul qilindi.

Foto: Google

Qarorga muvofiq, Davlat test markazi huzurida “Ilmiy-o‘quv amaliy markazi” davlat muassasasi (Ilmiy markaz) tashkil etildi.

Test materiallarini ishlab chiqish va ularning sifatini aniqlash, testologiya va pedagogik o‘lchovlar sohasidagi ilmiy-tadqiqot natijalarini nashr etish Ilmiy markazning asosiy vazifalaridan biri etib belgilandi.

2020-yil 1-noyabrdan DTM boshqaruv xodimlari lavozim maoshlari tarif koeffitsiyentining 1,5 baravari miqdorida qo‘llaniladi.

Mavzuga doir:
Xorazmda yangi xalqaro universitet tashkil etildi
Agrar universitetning Samarqand filiali tashkil etildi

Eslatib o’tamiz, Davlat test markazi hay’ati a’zolari soni 9 nafardan 11 nafarga ko‘paytirildi hamda yangilangan hay’at tarkibi tasdiqlangani haqida xabar bergan edik.