Mazkur holat yuzasidan Karmana tuman IIB huzuridagi Tergov bo‘limi tomonidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi 3-qismi “b” bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Foto: Bosh prokuratura axborot xizmati

Navoiyda 2019-yilning may oyidan iyun oyiga qadar bo‘lgan vaqt oralig‘ida 58 yoshli S.X., (ayol) xavfli retsidivist bo‘la turib, o‘zganing mulkini aldash va ishonchni suiiste’mol qilish yo‘li bilan qo‘lga kiritish maqsadida, Xatirchi tumanida yashovchi 34 yoshli T.F.,ga go‘yoki auksion savdosida ishlashini aytib, uning ishonchini suiiste’mol qilib, sho‘ba korxonasi tomonidan auksion savdosiga qo‘yilgan “Lacetti” rusumli avtomashinani T.F.,ga arzon narxda sotib olib berishini va’da qilib, aldab, Karmana tumanining turli hududlarida jami 40 mln. so‘m pullarni firibgarlik yo‘li bilan qo‘lga kiritib, bergan va’dasini bajarmasdan, pullarni o‘zining shaxsiy ehtiyojlari uchun sarflab yuborgan.

Mazkur holat yuzasidan Karmana tuman IIB huzuridagi Tergov bo‘limi tomonidan S.X.,ga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 168-moddasi 3-qismi “b” bandi (firibgarlik) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Mavzuga doir:
Jizzaxda avtomobil oldi-sotdisida fuqarolarni 65 mln. so’mga aldagan shaxsga jinoyat ishi ochildi
Namanganda bino sotib olishini aytib, fuqaroni 1,6 mlrd. so’mga aldagan shaxsga jinoiy ish ochildi
Farg’onada Litvaga ishlash uchun bormoqchi bo‘lgan fuqaro 12 mln. so‘mga aldandi

Mazkur jinoyat ishi bo‘yicha S.X., gumon qilinuvchi tariqasida jalb qilingan. Jabrlanuvchiga yetkazilgan zarar o‘rnini qoplash bo‘yicha tegishli ishlar olib borilmoqda.

Qayd etilishicha, hozirda tergov harakatlari davom etmoqda.