Qurilishi tugallangan obyektlar bo‘yicha o‘tkazilgan o‘rganishlarda aniqlangan kamchiliklar yuzasidan tegishli xulosalar taqdim etilgan. Bu haqda “O‘zkomnazorat” axborot xizmati yozmoqda.

Foto: Google

O‘zbekiston Respublikasi Axborotlashtirish va telekommunikatsiyalar sohasida nazorat bo‘yicha davlat inspeksiyasining qurilishi tugallangan obyektlarni foydalanishga qabul qilish to‘g‘risidagi farmoyishiga asosan Buxoro viloyati hududiy inspeksiyasi xodimlari joriy yilning sentyabr oyida “Unitel” MChJning Buxoro viloyatining Qorako‘l, Romitan, Jondor, Buxoro va G‘ijduvon tumanlarida 9 ta (4 ta 3G va 5 juft RRL) hamda “Coscom” MChJning Buxoro shahrida 1 ta (kommutatsiya markazi qurilmasi) qurilishi tugallangan obyektlarini foydalanishga qabul qilish komissiyasi ishida ishtirok etdi.

Mavzuga doir:
O‘zbekiston mobil aloqa internet tezligi bo‘yicha ikki pog‘ona yuqoriladi

Qurilishi tugallangan obyektlar bo‘yicha o‘tkazilgan o‘rganishlarda aniqlangan kamchiliklar yuzasidan tegishli xulosalar taqdim etilgan.

Kamchiliklar bartaraf qilingandan so‘ng qurilishi tugallangan ob’ektlar o‘rnatilgan tartibda foydalanish uchun qabul qilindi, deyiladi xabarda.