Pandemiya vaqtida Oʻzbekistonga havo transporti orqali yoʻlovchilar kirib kelish tartibi belgilandi. Bu haqida “Uzbekistan Airports” AJ maʼmuriyati xabar qilmoqda. 

Foto: Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi

Respublika maxsus komissiyasi qaroriga muvofiq quyidagicha tartib belgilangan:

1. “Qizil” va “Sariq” hududlardan Oʻzbekistonga kelayotgan yoʻlovchilar COVID-19 aniqlanmagani haqida maʼlumotnoma taqdim etishi kerak.

Yoʻlovchi PZR analizi parvozda 72 soatdan uzoq boʻlmagan muddat ichida topshirilgan boʻlishi kerak. Faqat virus aniqlanmagan yoʻlovchilar parvozga qoʻyiladi.

2. “Qizil” hududlardan kelgan yoʻlovchilar aeroport pasport nazorati xizmatiga COVID-19 tahlil natijasi va 14 kunlik uy karantiniga joylashish majburiyatnomani taqdim etishlari shart.

*majburiyatnoma – Oʻzbekiston fuqarolari uchun doimiy yashash manzili boʻyicha, chet el fuqarolari uchun – vaqtincha yashash manzili boʻyicha toʻldiriladi.

3. “Sariq” hududlardan kelgan yoʻlovchilar pasport nazorati xizmatiga COVID-19 aniqlanmagani haqidagi PZR test natijasi aks etgan hujjatni topshirishlari talab etiladi.

*agar bunday hujjat yoʻlovchida boʻlmasa, ular aeroportda oʻz hisoblaridan PZR test topshiradilar va 14 kunlik majburiy uy karantiniga joylashish majburiyatnomasini toʻldirib pasport nazorati xodimlariga topshiradilar.

5. “Yashil” hudud mamlakatlaridan Oʻzbekiston Respublikasiga kirib kelgan yoʻlovchilarga nisbatan karantin tartiblari qoʻllanilmaydi (kasallik alomatlari kuzatilgan yoʻlovchilar bundan mustasno).

6. “Sariq” va “Yashil” hudud mamlakatlaridan “Qizil” hudud mamlakatlari orqali kelgan tranzit yoʻlovchilarga Oʻzbekiston hududiga kirishga ruxsat beriladi. Ularda COVID-19 aniqlanmagani haqida PZR test natijasi aks etgan hujjat boʻlmasa, aeroportda oʻz hisobidan PZR tahlil tekshiruvidan oʻtkaziladi va 14 kunlik oʻzini izolyatsiya qilish majburiyatnomasini toʻldiradi. 

7. “Qizil” xudud mamlakatlaridan “Sariq” va “Yashil” hudud mamlakatlari orqali kelgan tranzit yoʻlovchiga Oʻzbekistonga kirishga ruxsat beriladi. COVID-19 aniqlanmagani haqida PZR test natijasi aks etgan hujjat boʻlmasa, aeroportda oʻz hisobidan PZR tahlil tekshiruvidan oʻtkaziladi va 14 kunlik oʻzini izolyatsiya qilish majburiyatnomasini toʻldiradi.

8. Yoʻlovchida isitma yoki COVID-19’ning boshqa alomatlari kuzatilsa, u tibbiy koʻrikdan oʻtkaziladi, PZR test natijasi musbat boʻlsa, yoʻlovchi davolanish uchun kasalxonaga joylashtiriladi.

Mavzuga doir:
24-sentabrdan O’zbekistondan Belorussiyaga aviaqatnovlar qayta yo‘lga qo‘yiladi
Saudiya Arabistoni xorijliklar uchun qachon ochiladi?
Rossiya mamlakatga kirish qoidalarini o’zgartirdi

Eslatib oʻtamiz, “Uzbekistan Airways” kompaniyasi bugun, 17-sentabrdan boshlab Moskvadan kuniga 2 marotaba parvozlarni amalga oshira boshladi.

Yoʻlovchilar chiptalarni onlayn yoki rasmiy aviakassalar orqali xarild qilishlari mumkin.