“O‘zbekiston Respublikasi fuqaroligi masalalarini ko‘rib chiqishda zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini tatbiq etish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi Hukumat qarori qabul qilindi (557-son, 16.09.2020 y).

Foto: Toshkent shahar hokimligi axborot xizmati

Qarorga muvofiq, “E-Fuqaro” idoralararo ma’lumotlar bazasi joriy etiladi va bu orqali:

  • fuqarolik masalalari bo‘yicha arizalarni qabul qilish va ko‘rib chiqish avtomatlashtiriladi;
  • mazkur arizalar idoralararo elektron hamkorlik yo‘li bilan manfaatdor vazirlik va idoralar o‘rtasida ko‘rib chiqiladi;
  • fuqarolikka qabul qilish, uni tiklash, undan chiqish va uni yo‘qotish bo‘yicha yagona ma’lumotlar bazasi shakllantiriladi.

Ichki ishlar vazirligi “E-Fuqaro” IMBning yagona buyurtmachisi va saqlovchisi hisoblanadi.

2021-yil 1-yanvarga qadar:

  • respublika hududida fuqarolik masalalari bo‘yicha murojaatlar Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali;
  • xorijda doimiy istiqomat qilayotgan shaxslar tomonidan esa Tashqi ishlar vazirligi veb-saytida joylashtirilgan interaktiv konsullik xizmati orqali dastlabki ariza yuborish mexanizmi joriy etiladi.

Bunda ariza yuboruvchi keyinchalik shaxsan kelib murojaat qilishi lozim bo‘ladi.

Mavzuga doir:
“Xalqaro shartnomani tasdiqlash to‘g‘risida”gi Prezident qarori qabul qilindi
Paxta terish mashinalarini sotib olish uchun kreditlar ajratiladi
Prezident yangi qonunni imzoladi