O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Hindiston Respublikasi Bosh vaziri Narendra Modiga uning 70 yoshlik tavallud ayomi munosabati bilan samimiy qutlovlarini yo‘lladi. Bu haqda Prezident matbuot xizmati xabar qildi.

Foto: Prezident matbuot xizmati

Davlatimiz rahbari o‘z maktubida Hindiston Bosh vaziriga sihat-salomatlik, baxt-saodat va mas’uliyatli davlat lavozimidagi faoliyatida yangi muvaffaqiyatlar, do‘st Hindiston xalqiga esa tinchlik-omonlik va bardavom taraqqiyot tiladi.

Ma’lumot uchun, Hindiston bosh vaziri Narendra Damodardas Modi 1950-yilning 17-sentabr kuni Gudjarat shtatining Vadnagar shahrida choy savdosi bilan shugʻullanuvchi oilada tugʻilgan. Oiladagi toʻrt farzandning uchinchisidir. Qashshoq oilada tugʻilib, vokzalda choy sotgani bois Modini “harobadan chiqqan millioner” deb atash mumkin. 

Mavzuga doir:
Shavkat Mirziyoyev Meksika Prezidentini tabrikladi
Shavkat Mirziyoyev Nikaragua Prezidentini tabrikladi
Shavkat Mirziyoyev Rossiya Hukumati Raisining o‘rinbosarini qabul qildi

Eslatib o’tamiz, kecha Shavkat Mirziyoyev Yosixide Sugani Yaponiya Bosh vaziri etib saylangani bilan ham tabriklagandi.