Rossiyaning “GAZ guruhi” kelasi yilda Oʻzbekistonda yengil tijorat avtomobillari ishlab chiqarishni yoʻlga qoʻyishni rejalashtirmoqda. Bu haqida Rossiya sanoat va savdo vaziri oʻrinbosari Aleksey Gruzdevga tayanib Sputnik xabar qildi.

Foto: Sputnik

“GAZ Guruhi” Oʻzbekistonda yengil tijorat texnikasi ishlab chiqarishni yoʻlga qoʻyishga qaror qildi. Biz ushbu loyiha kelgusi yildan ishga tushadi deb umid qilamiz”, – dega u.

Gruzdev aytishicha, ayni damda korxonada yirik uzelli ishlab chiqarish jarayonini yoʻlga qoʻyish ishlari ketmoqda. Birinchi bosqichda yiliga 3000 ta avtomobil ishlab chiqariladi, keyinchalik korxona quvvati oshiriladi.

Oʻzbekistonning “KRANTAS” MChJ Rossiya korxonasining hamkori sifatida loyihada ishtirok etadi. 

Mavzuga doir:
Chust tumanida “Changan” brendi ostida kichik yuk avtomobillari ishlab chiqariladi
O’zbekistonda ISUZU D-Max negizida tez yordam avtomobillari ishlab chiqariladi
O’zbekistonda “Volkswagen” yengil tijorat avtomobillarining zamonaviy modellari ishlab chiqariladi

Eslatib oʻtamiz, avvalroq Jizzaxdagi zavodda KIAning eng yangi modellari ishlab chiqarilishi haqida xabar berilgandi.