Mazkur holat yuzasidan Guliston shahar prokuraturasi tomonidan Jinoyat kodeksining 104-moddasi 3-qismi “d” bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Bu haqda Tergov departamenti axborot xizmati xabar qildi.

Foto: Google

Sirdaryoda shu yilning 15-sentabr kuni tungi soat 02:30 da Guliston shahrida 39 yoshli S.X., o‘zi bilan birgalikda shar’iy nikoh asosida yashovchi 50 yoshli Z.Sh. (ayol), bilan spirtli ichimlik iste’mol qilib, o‘rtasida o‘zaro kelib chiqqan o‘zaro janjal natijasida, S.X., turmush o‘rtog‘i Z.Sh., ni badanining turli joylariga qo‘li bilan urib tan jarohati yetkazgan.

Natijada, Z.Sh., olgan tan jarohatlari oqibatida hodisa joyida vafot etgan.

Mazkur holat yuzasidan Guliston shahar prokuraturasi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 104-moddasi 3-qismi “d” bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergovga tegishlilik bo‘yicha Guliston shahar IIO FMB huzuridagi Tergov bo‘limiga yuborilgan.

Mavzuga doir:
Jizzaxda 300 mln. so‘mlik qo‘ylarni o’g’irlab ketgan shaxsga jinoyat ishi ochildi
Parkentda tom ustidagi janjal og‘ir shikast yetkazish bilan yakunlandi
Farg’onada chaqalog‘ini 1500 dollarga sotayotgan ona qo‘lga olindi

Mazkur jinoyat ishi bo‘yicha S.X., gumon qilinuvchi tariqasida jalb qilinib, protsessual tartibida ushlangan. Tergov harakatlari davom etmoqda.