Respublika maxsus komissiyasining qaroriga asosan mamlakatimizda ichki turizmga ruxsat berilgani munosabati bilan sayohatlarni tashkil qilishda Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi tomonidan sanitariya-gigiyena qoidalariga qatʼiy rioya etgan holda ichki turizmni qayta tiklash va faollashtirish choralari ko‘rilmoqda.

Foto: Turizmni rivojlantirish davlat qo’mitasi

Komissiya qarori bilan shaxsiy avtotransport vositalarining kun davomida to‘liq harakatlanishi, mahalliy avia va temir yo‘l qatnovi, ochiq havoda xizmat ko‘rsatuvchi umumiy ovqatlanish obyektlari (restoran, kafe, oshxona, choyxona), sanatoriylar, pansionatlar, bolalar oromgohlari, mehmonxonalar, mehmon uylari, plyajlar, hostellar, ijaraga beriladigan dala hovlilar va boshqa dam olish maskanlari, muzeylar faoliyatiga, respublikaning barcha hududlari o‘rtasida avtotransport vositalari qatnovini qayta tiklanishiga ruxsat berildi.

Bunga asosan hududlar kesimda mahalla, yoshlar va mehnat jamoalarining sayohatga chiqish grafik jadvali tasdiqlanib, turoperatorlar tomonidan sayohatlarni tashkil etilishi uchun kerakli tavsiyalar berib borilmoqda.

Shuningdek, sayohatlarni tashkil etishda aholi orasida, OAV va ijtimoiy tarmoqlar orqali keng targ‘ibot ishlarini amalga oshirish hamda hududlarning turizm salohiyati haqidagi videoroliklarni namoyishlari tashkil etilmoqda.

Xususan, turoperatorlardan hamda “E-mehmon” dasturidan olingan maʼlumotlarga ko‘ra, joriy yilning 24-avgustidan 14-sentabr sanasiga qadar (20 kun ichida) jami 69 ming nafar fuqarolarning sayohatlari amalga oshirilib, shundan 13 ming nafardan ortig‘i turoperatorlar orqali, 56 ming nafari mustaqil ravishda mamlakatimizning Samarqand, Buxoro, Xorazm, Navoiy, Qashqadaryo, Surxondaryo va Toshkent viloyatlari hamda Toshkent shahri bo‘ylab sayohat qilishdi.

Mavzuga doir:
Chimyonda Milliy turizm festivali o‘tkaziladi
Chorvoq yoʻlida tirbandlik kamayadi
Prezident Turizm qo’mitasi va “O’zbekipaksanoat”ga yangi vazifa topshirdi

Pandemiya taʼsirida ko‘plab turoperatorlar o‘z faoliyatini ichki turizmga moslashtiridi, jumladan yuqorida uyushtirilgan sayohatlar 35 ta turperatorlar tomonidan tashkil etilgan bo‘lib, shulardan 10 tasi ilgari xalqaro yo‘nalishda faoliyat olib borgan turoperatorlar hisoblanadi.