Mehnat kodeksini yangi tahrirda qabul qilishga oid O‘zbekiston Respublikasi Qonuni loyihasi e’lon qilindi.

Foto: Google

Qonun loyihasining asosiy yangiliklari quyidagilar sanaladi:

  • ish bilan taminlash jarayonlarini raqamlashtirish, elektron mehnat daftarchalarini yuritish, mehnat shartnomalarini tuzish va yagona malumot bazasida ro‘yxatdan o‘tkazish mexanizmlarini joriy etish.
  • Ishga qabul qilishda xodimning ish joyiga qarab, dastlabki sinov muddatini ajratish;
  • Mehnat shartnomasini bekor qilish institutini joriy etish (agar ishchi o‘z vaqtida ishga kirmasa, mehnat shartnomasini bekor qilish tartib-qoidalarini qo‘llamaslik);
  • Ish shartnomasini bekor qilish uchun asoslarni kengaytirish, masalan, jismoniy shaxs bo‘lgan ish beruvchining vafoti yoki uni bedarak yo‘qolgan deb topish bilan bog‘liq;
  • O‘rtacha ishchilar soniga qarab malum vaqt ichida ishchilar sonining rejalashtirilgan yoki haqiqiy o‘zgarishiga qarab ishchilarni ommaviy ishdan bo‘shatish mezonlarini belgilash.
  • Mehnat shartnomasining o‘zi bilan nazarda tutilgan asoslar bo‘yicha mehnat shartnomalari bekor qilinishi mumkin bo‘lgan xodimlar doirasini kengaytirish. Masalan, masofaviy-ishchilar, uyda ishlovchilar, yakka tartibdagi tadbirkorlarda ishlaydigan ishchilar, uy xizmatchilari;
  • Xodimning ish stajiga (ushbu tashkilotdagi ish stajiga) qarab ishdan bo‘shatish to‘lovlarini tabaqalashtirish ;
  • Xodimlarning shaxsiy malumotlarini himoya qilish mexanizmini amalga oshirish;
  • Ish vaqti turlarini kengaytirish: smenali ish, moslashuvchan ish vaqti, ish kunini qismlarga bo‘lish, ish safari paytidagi ish vaqtlari va boshqalar ;
  • Tartibni belgilash, unga ko‘ra agar bayram kuni dam olish kuniga to‘g‘ri kelsa, dam olish kuni bayram kunidan keyingi kunga o‘tkaziladi;
  • COVID-19 pandemiyasiga qarshi chora-tadbirlarni amalga oshirishdan olingan saboqlarni hisobga olgan holda, xodimga qisman ish haqi bilan, lekin eng kam ish haqidan kam bo‘lmagan ta’til berish imkoniyatini belgilaydigan, shuningdek, ish haqi to‘lanmagan tatilni 6 oygacha uzaytiradigan me’yorlarni joriy etish ko‘zda tutilgan.

Mavzuga doir:
XTVda yana bir vazir o‘rinbosari lavozimi joriy etiladi
Endilikda ota-onalar farzandlariga diniy ta’lim berishlari mumkin bo‘ladi
Senat uchta qonunni ma’qulladi