COVID-19 epidemiyasidan keyingi so‘nggi yetti oy ichida birinchi xalqaro yo‘lovchi samolyoti Xitoyning Uxan shahri aeroportiga qo‘ndi. Bu haqda Tengrinews xabar qilmoqda.

Foto: RIA Novosti

T’way Airlines aviakompaniyasining Seul – Uxan TW-19 reysi Uxandagi “Tyanxe” xalqaro aeroportiga mahalliy vaqt bilan soat 10:48 da (Toshkent vaqti bilan 09:48) qo‘ndi.

Ma’lum qilinishicha, Uxan Seul bilan muntazam parvozlarni tiklagan. Ushbu reysda yetib kelgan 60 yo‘lovchi 14 kunlik karantin uchun maxsus mehmonxonalarga yuborildi.

Hozirda Uxan xalqaro ayeroporti 73 ta mahalliy yo‘nalishlarga parvozlarni tikladi va har kuni 500 ga yaqin parvozlarni amalga oshirmoqda. Kundalik yo‘lovchilar aylanmasi o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 90 foizni tashkil etmoqda.

Mavzuga doir:
Rossiya mamlakatga kirish qoidalarini o’zgartirdi
Vetnam olti mamlakat bilan parvozlarni tiklamoqda
Saudiya Arabistoni xorijliklar uchun qachon ochiladi?

Ma’lumot uchun, yangi koronavirus kasalligining kelib chiqishi 2019 yil oxirida Markaziy Xitoyda qayd etildi, keyinchalik u 180 dan ortiq mamlakatlarga tarqaldi va Jahon sog’liqni saqlash tashkiloti tomonidan pandemiya sifatida tan olindi. 

So’nggi ma’lumotlarga ko’ra, dunyoda 29 milliondan ortiq koronavirus virusi yuqtirilgan, ulardan 939 ming nafari infeksiya tufayli vafot etganlardir.