Birlashgan Arab Amirliklarining “Masdar Energy” kompaniyasi Navoiy viloyatining Tomdi tumanida shamol salohiyatini o‘rganish uchun to‘rtta metereologik ustun o‘rnatdi.

Foto: Google

Bu Navoiy viloyatida 500 MVt. quvvatga ega shamol elektr stansiyasini (ShES) qurish loyihasini amalga oshirishning navbatdagi bosqichi hisoblanadi.

Kelgusida mazkur shamol elektr stansiyasining qurilish maydonidagi shamol salohiyatini o‘rganish natijalari loyihaning texnik-iqtisodiy va moliyaviy asoslanishini yakunlash imkonini beradi. Bu esa xalqaro moliya institutlari bilan kredit shartnomalarini tuzish uchun asos bo‘lib xizmat qiladi.

Avval xabar qilinganidek, 2020-yil 8-iyun kuni “O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari” aksiyadorlik jamiyati bilan “Masdar Energy” kompaniyalari o‘rtasida elektr energiyasini sotib olish to‘g‘risida shartnoma imzolangan edi. Ushbu shamol elektr stansiyasini ishga tushirish 2023-yilga rejalashtirilgan.

Mavzuga doir:
Yirik neft shirkati shamol energiyasi uchun $1,1 mlrd. sarmoya kiritmoqda
O’zbekistonda shamol elektr stansiyasi qurilishi uchun birinchi tender boshlandi

Ma’lumot o‘rnida, bu BAA kompaniyasi bilan qayta tiklanadigan energetika sohasidagi yagona qo‘shma loyihasi emas. BAA kompaniyasi, shuningdek, Navoiy viloyatida 100 MVt quvvatga ega fotoelektr (quyosh) stansiyasini qurish bo‘yicha xalqaro tanlovning birinchi bosqichi g‘olibi hisoblanadi.