Joriy yilning 1-sentabr holatiga ko‘ra, mamlakatimizga qiymati 22,5 million AQSh dollariga teng bo‘lgan 162 mingdan ziyod muzlatgichlar import qilingan.

Foto: Depositphotos

O‘tgan yilning mos davriga nisbatan bu yil 25 783 dona kam muzlatgich xarid qilingan.

Davlat statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, O‘zbekiston 21 ta davlatdan muzlatgich import qilgan. Import ulushi yuqori bo‘lgan davlatlar orasida Xitoy (71 ming), Rossiya Federatsiyasi (59,5 ming), Indoneziya (8,5 ming), Vetnam (8,3 ming) va 4,7 ming dona muzlatgich bilan Belarus Respublikasini ko‘rish mumkin.

Ma’lumot o‘rnida, mamlakatimizda 2019-yilda qiymati 754,5 mlrd. so‘mlik 502 ming dona muzlatgichlar ishlab chiqarilgan.

Mavzuga doir:
Oʻzbekiston isteʼmol bozorida inflyatsiya 4,8 foizni tashkil qildi
O‘zbekistonning tashqi qarzi yil boshiga nisbatan 11 foizga oshdi
Oʻzbekiston uzumlari qaysi davlatlarga eksport qilinmoqda?