Yevroosiyo iqtisodiy ittifoqi fuqarolariga Rossiya avtomobilni boshqarish bilan bogʻliq faoliyat bilan shugʻullanganda milliy haydovchilik guvohnomasidan foydalanish huquqi berilishi mumkin. Bu haqida normativ huquiy hujjatlar portalida joylashtirilgan yangi qonun loyihasida aytib oʻtilgan.

Foto: Sputnik

Loyihada “Yoʻl harakati qoidalari xavfsizligi toʻgʻrisidagi” qonunning 13 bandiga oʻzgarish kiritish taklif qilingan. 

Ayni damda ushbu banddda – Avtomobilni boshqarish bilan bevosita bogʻliq boʻlgan mehnat faoliyatini amalga oshirganda xalqaro yoki xorijiy milliy haydovchilik guvohnomalaridan foydalanishga yoʻl qoʻyilmaydi, deyilgan. 

Ushbu qonunga quyidagi qoʻshimcha kiritish taklif qilinmoqda:

“Ushbu bandda keltirilgan talab YeOII davlatlari hamda rus tilidan davlat tili yoki rasmiy til sifatida foydalanayotgan davlatlar fuqarolari uchun istisno qilinadi. Ular milliy haydovchilik guvohnomasi yordamida avtomobilni boshqarish bilan bevosita bogʻliq boʻlgan mehnat faoliyatini amalga oshirishlari mumkin”.  

Eslatib oʻtamiz, Rossiya hududida 2017-yilning 1-iyunidan boshlab chet davlatlar fuqarolariga Rossiyada berilgan haydovchilik guvohnomasi boʻlmagan taqdirda haydovchi boʻlib ishlash taʼqiqlangan. 

Mavzuga doir:
Armaniston bosh vaziri YeOIIda chegaralar ochilishini muhokama qilishni taklif qildi
YeOII pandemiya sharoitida urushlar va sanksiyalarni toʻxtatishga chaqirdi

Ayni damda YeOIIga Rossiya, Armaniston, Belarus, Qozogʻiston va Qirgʻiziston aʼzo boʻlgan. Moldova – kuzatuvchi maqomida, Oʻzbekiston ham ushbu maqomni olish arafasida.