Superliganing 2-turidan o‘rin olgan “Nasaf” – “Andijon” uchrashuvini tomosha qilish uchun chipta sotib olgan yakkabog‘lik Navro‘z Normurodov “Spark” avtomobilini yutib oldi.

Foto: Nasaf News

Gap shundaki, «Nasaf» markaziy stadionida bo‘ladigan «ajdarlar» ishtirokidagi barcha uchrashuvlar chiptalarini «Professional Sport

Agentligi» sotib olgan edi. Va agentlik aksiya e’lon qilgandi.
Aksiya shartiga ko‘ra, ishtirok etish uchun chiqarilgan chiptalarni sotib olish va o‘yinda ishtirok etish talab etiladi.

Omadli raqam egasi esa “Spark”ni qo‘lga kiritadi.

– Aksiyadan xabarim bor edi, lekin Spark yutish uchun o‘ynaganim yo‘q va buni kutmagan edim ham. Shunchaki «Nasaf» futbol klubiga muxlis bo‘lganim uchun bugun stadionga kelib o‘yinni tomosha qildim va loyihada ham ishtirok etib ko‘rdim.

«Nasaf» ning bugungi g‘alabasi va Spark yutib olishim unitilmas kunlarimdan biri bo‘ldi,- deydi Navruz Normurodov.

Eslatib o‘tamiz, «Professional Sport Agentligi»ning «Nasafnews» ga ma’lum qilishicha ertaga “Spark” aftomobili o‘z egasiga tantanali ravishda topshiriladi.