Mazkur holat yuzasidan Uchko‘prik tumani IIB huzuridagi Tergov bo‘limi tomonidan Jinoyat kodeksining 169-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, unga nisbatan sud tomonidan “qamoqqa olish” tarzidagi ehtiyot chorasi qo‘llanilgan. Bu haqda Farg’ona viloyati IIB xabar qildi.

Foto: RIA Novosti

Uchko‘prik tumanida 15-sentabr kuni U.S o‘rtog‘i S.I. ni Uchko‘prik MFY hududida “Nexia-2” rusumli avtomashinasini ochiq holda turganligini ko‘rib, o‘rtog‘iga hazil qilish maqsadida avtomashina kaliti va salonda bo‘lgan 650 000 so‘m hamda avtomashina texnik pasporti ichidagi 500 AQSh dollarini olib, avtomashina kaliti va 650 000 so‘m pulini qaytarib berib, 500 AQSh dollarini yashirin ravishda talon-toroj qilib, hodisa joyidan yashiringan.

Mazkur holat yuzasidan Uchko‘prik tumani IIB huzuridagi tergov bo‘limi tomonidan Jinoyat kodeksining 169-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, unga nisbatan sud tomonidan “qamoqqa olish” tarzidagi ehtiyot chorasi qo‘llanilgan.

Mavzuga doir:
Beshariqda “Damas” velosipedchini urib yuborishi oqibatida fuqaro vafot etdi
Farg‘onada 50 million so‘mlik xo‘roz o‘g‘risi qidiruvga berildi
Farg‘onada uy sotib olmoqchi bo‘lgan ayol 5000 dollarga aldandi

Eslatib o‘tamiz, Jinoyat kodeksining 169-moddasi 1-qismida ko‘rsatilgan jinoyatni sodir etgan shaxs uch yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.