AQSh oktabr oyida COVID-19 vaksinasini tarqatishni boshlashi mumkin, dedi AQSh prezidenti Donald Tramp.

Foto: Google

“Biz vaksinalarni juda xavfsiz va samarali tarzda tarqatishga tayyormiz. Biroz oktabrda boshlashimiz mumkin… Menimcha, oktabr oyining o’rtalarida, ehtimol biroz keyinroq boshlanadi”, – degan Tramp matbuot anjumanida.

Uning qo’shimcha qilishicha, Qo’shma Shtatlar ham 2020-yil oxiriga qadar 100 million dozagacha vaksinani tarqatishga tayyor.

Eslatib o’tamiz, Gamaleya nomidagi ilmiy markaz tomonidan Rossiya to’g’ridan-to’g’ri investitsiya fondi bilan hamkorlikda ishlab chiqilgan koronavirusga qarshi birinchi vaksina “Sputnik V” nomini oldi va u 11-avgust kuni dunyoda birinchilardan bo’lib ro’yxatga olindi.

Avvalroq, koronavirusga qarshi Rossiya vaksinasiga 50 ta mamlakat qiziqish bildirayotgani aytilgandi. Shuningdek, kecha vaksinaning ishtirokchilariga tavsiyalar eʼlon qilingandi.

So’nggi ma’lumotlarga ko’ra, dunyoda 29 milliondan ortiq koronavirus virusi yuqtirilgan, ulardan 939 ming nafari infeksiya tufayli vafot etganlardir.