Hukumatning tegishli qaroriga (№556, 16.09.2020y) binoan, 2020/2021 o‘quv yilidan boshlab Toshkent davlat agrar universitetining Samarqand filiali tashkil etildi.

Foto: Google

Joriy yilda ushbu filialga jami 515 ta qabul kvotasi ajratildi.

Jumladan:

  • bakalavr — 475 ta (95 ta davlat granti, 380 ta to‘lov-kontrakt);
  • magistratura — 40 ta (barchasi davlat granti).

Filialda kredit-modul tizimi joriy etiladi. Haftada besh kunlik o‘qish bo‘ladi hamda shanba kuni mustaqil o‘zlashtirish kuni deb belgilanadi.

Filialda Belarus Respublikasining Grodno davlat agrar universiteti bilan qishloq xo‘jaligi sohasida qo‘shma ta’lim dasturlari (dabble degree) amalga oshiriladi.

Mavzuga doir:
Mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash vazirligi hay’ati tarkibi tasdiqlandi
Kadastr bo‘yicha hukumat qarori qabul qilindi
Kitob geologiya milliy tabiat bog‘iga ajratiladigan yer maydonlari ro‘yxati tasdiqlandi

Samarqand viloyati Oqdaryo tumanidagi Samarqand agroiqtisodiyot kasb-hunar kolleji binolari Filialga operativ boshqaruv huquqi asosida beriladi.