Rossiya toʻgʻridan-toʻgʻri investitsiyalar jamgʻarmasi koronavirusga qarshi “Sputnik V” vaksinasining 100 million dozasini Hindiston farmatsevtika kompaniyasiga yetkazib berishga kelishib oldi. Bu haqda RIA Novosti xabar qilmoqda.

Foto: Google

Gap yetakchi hind farmatsevtika firmalaridan biri Dr. Reddy’s Laboratories Ltd (Dr. Reddy’s) haqida bormoqda.

“Yetkazib berish 2020-yil oxirida klinik tadqiqotlar natijalari va vaktsina Hindistonda roʻyxatga olingandan soʻng boshlanishi mumkin”, – deyilgan xabarda.

Avvalroq, koronavirusga qarshi Rossiya vaksinasiga 50 ta mamlakat qiziqish bildirayotgani aytilgandi. Shuningdek, bugun vaksinaning ishtirokchilariga tavsiyalar eʼlon qilindi.

Eslatib o’tamiz, Gamaleya nomidagi ilmiy markaz tomonidan Rossiya to’g’ridan-to’g’ri investitsiya fondi bilan hamkorlikda ishlab chiqilgan koronavirusga qarshi birinchi vaksina “Sputnik V” nomini oldi va u 11-avgust kuni dunyoda birinchilardan bo’lib ro’yxatga olindi.

So’nggi ma’lumotlarga ko’ra, dunyoda 29 milliondan ortiq koronavirus virusi yuqtirilgan, ulardan 933 ming nafari infeksiya tufayli vafot etganlardir.