Respublika maxsus komissiyasi O‘zbekiston fuqarolarini Rossiya Federatsiyasining Samara viloyatidan olib kelish uchun “Toshkent–Kinel–Toshkent” temir yo‘l reysini tashkil etish to‘g‘risida qaror qabul qilgan edi.

Foto: Namangan viloyati hokimligi axborot xizmati

Rossiya va Qozog‘iston tomoni bilan kelishuvga binoan, joriy yilning 14-sentabr kuni “O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ poyezdi 938 nafar yurtdoshlarimiz bilan “Kinel” stansiyasidan O‘zbekistonga jo‘nagan edi.

Qayd etilishicha, mazkur poyezd ayni damda Toshkent Janubiy vokzaliga yetib keldi. Ushbu reys orqali olib kelingan barcha fuqarolar avtobuslarda Toshkent viloyatidagi karantin zonalariga yetkazildi.

Mavzuga doir:
Maxsus poyezd reysi orqali Samaradan mingga yaqin yurtdoshimiz olib kelindi
Transport vazirligi charter reyslar nega qimmatligini izohladi

Kuni kecha poyezdlar orqali Samara va Yekaterinburgdan ikki mingga yaqin yurtdoshimiz olib kelingani xabar berilgandi.