Foto: Footboom.com

Turin klubi Dibala bilan yana 3 yilga, aniqrog’i 2025 yilning yoziga qadar mo’ljallangan shartnoma tuzadi.

25 yoshli Dibala o’tgan yozda “Tottenxem”ga o’tishga yaqin edi, ammo endi “Yuve” bilan uzoq muddatli shartnoma imzolaydi.

U ayni paytda klubdan yiliga 10 million evro miqdoridagi maoshni talab qilmoqda. “Keksa sinora” esa futbolchining shartlarini bajarishga tayyorga o’xshamoqda.

Eslatib o’tamiz, Dibala joriy mavsum 28ta rasmiy o’yinda maydonga tushib, 11ta gol va 11ta assist qayd etdi.