“Oʻzbekneftgaz” AJda prezident Shavkat Mirziyoyev tomonidan berilgan koʻrsatma va topshiriqlar ijrosi yuzasidan yigʻilish oʻtkazildi. Bu haqida “O‘zbekneftgaz” AJ axborot xizmati ma’lum qildi.

uzbek neft gaz
Foto: “O‘zbekneftgaz” AJ Matbuot xizmati

“Oʻzbekneftgaz” xabariga koʻra, tadbirda Oʻzbekiston hududida geologiya-qidiruv sohasida, uglevodorod konlarini oʻzlashtirish borasida kooperatsiyani mustahkamlash maqsadida, “Oʻzbekneftgaz” AJ va “Lukoyl” kompaniyasi hamkorligining yangi bosqichi va “yangi yoʻli” belgilab olindi va “Yoʻl xaritasi” tuzildi.

Unga koʻra;

–  “Lukoyl”  kompaniyasining ishlab chiqarish va qazib olish obeʼktlarini oʻrganish va ushbu obeʼktlarda raqamli texnologiyalarning qoʻllanishi bilan tanishish uchun “Oʻzbekneftgaz” AJ delegatsiyasi aʼzolari Rossiyaning Perm oʻlkasiga tashrif buyuradi.

– “Oʻzbekneftgaz” AJ va “Lukoyl”  kompaniyasi “Raqamli kon” kontseptsiyasi doirasida tajriba almashishdan tashqari, ishlab chiqarish davomida raqamli “ERP” tizimini qoʻllashda oʻzaro hamkorlikni yoʻlga qoʻyadi.

– Geologiya-qidiruv ishlarini amalga oshirish uchun “Oʻzbekneftgaz” AJ va “Lukoyl” kompaniyasi hamkorligida qoʻshma korxona, “Ilmiy-oʻquv markaz tashkil etilishi, Toshkent, Buxoro va Qashqadaryo viloyatlarida esa hamkorlikda ijtimoiy loyihalarni amalga oshirish rejalashtirilmoqda. 

Taʼkidlanishicha, belgilab olingan rejalarni amalga oshirilishi, ikki tomonning kelishuvi asosida nazorat qilinadi.

Eslatib oʻtamiz, Oʻzbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev Rossiyaning “Lukoyl” kompaniyasi prezidenti Vagit Alekperovni qabul qilgan edi. Uchrashuda yangi loyihalar muhokama qilingan edi.