O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Yaponiya Liberal-demokratik partiyasi yetakchisi Yosixide Sugaga uning mamlakat Bosh vaziri etib saylangani munosabati bilan tabrik yo‘lladi. Bu haqda Prezident matbuot xizmati xabar qildi.

Foto: Prezident matbuot xizmati

Davlatimiz rahbarining maktubida ikki tomonlama munosabatlarda yuksak darajaga erishilgani ta’kidlangan hamda O‘zbekiston-Yaponiya strategik sherikligi bundan buyon ham izchil mustahkamlanib borishiga ishonch bildirilgan.

Sal avval Rossiya Prezidenti Vladimir Putin ham tabriklagani haqida xabar bergan edik.

Eslatib o’tamiz, Yosixide Suga bugun sog’lig’i sababli iste’fodagi Sindzo Abeni o’rniga Yaponiyaning bosh vaziri bo’ldi.

Mavzuga doir:
Shavkat Mirziyoyev Meksika Prezidentini tabrikladi
Shavkat Mirziyoyev Rossiya Hukumati Raisining o‘rinbosarini qabul qildi

Yosixide Suga (71 yoshda) Abe bosh vazirlik davrida u eng yaqin maslahatchi va ishonchli kishi bo’lgan va hukumatning bosh kotibi bo’lib ishlagan, ammo orqa fonda qolishni afzal ko’rgan.