Abituriyentlardan test sinovlariga kechikmasdan, belgilangan vaqtda kamida 1 soat oldin, shaxsiy pasporti va abituriyent ruxsatnomasi bilan kelish so‘ralgan.

Foto: Google

O‘zbekiston Respublikasi ta’lim muassasalariga o‘qishga qabul qilish bo‘yicha Davlat komissiyasining 2020-yil 19-iyundagi 1-son bayoniga muvofiq oliy ta’lim muassasalariga qabul bo‘yicha test sinovlari o‘tkazilidigan hududga kirishda tana harorati +37⁰C dan yuqori bo‘lgan abituriyentlarni kiritmasdan, ular uchun test sinovlari to‘liq yakunlangandan keyin to‘rtinchi kuni test sinovilarini o‘tkazish belgilangan.

Davlat komissiyasining 2020-yil 13-sentabrdagi 4-son bayonida joriy yil 2-13-sentabr kunlari o‘tkazilgan test sinovlarida hududga kirishda tana harorati +37⁰C dan yuqori bo‘lgan hamda test sinovi o‘tkaziladigan kunda koronavirus infeksiyasi bilan kasallangan abituriyentlar uchun test sinovlarini 2020-yil 17-sentabr kuni tashkil etish belgilangan.

Mazkur abituriyentlar uchun test sinovlari 2020-yil 17-sentabr kuni Qoraqalpog‘iston Respublikasi va viloyatlarda 8:00 dan 11:00 ga qadar, Toshkent shahrida Yunusobod tumanidagi Botanika bog‘ida 15:00 dan 18:00 ga qadar bo‘lib o‘tadi.

Mavzuga doir:
Oliy harbiy ta’lim muassasalariga talabgorlarning test natijalari taqdim etildi
Qo‘qon universitetiga kirish test sinovlari o‘tkazildi
Abituriyentlarning apellyatsiya shikoyatlarini ko‘rib chiqish tartibi qanday?

Abituriyentlardan test sinovlariga kechikmasdan, belgilangan vaqtda kamida 1 soat oldin, shaxsiy pasporti va abituriyent ruxsatnomasi bilan kelish so‘ralgan.