“Xalqaro shartnomani tasdiqlash to‘g‘risida”gi Prezident qarori qabul qilindi (PQ-4826, 15.09.2020 y).

Foto: Prezident matbuot xizmati

Qaror bilan O‘zbekiston Respublikasi va Yaponiya o‘rtasida 2019 yil 19 dekabrda Tokio shahrida imzolangan Daromad soliqlari bo‘yicha ikki yoqlama soliqqa tortishni bartaraf qilish hamda soliqlarni to‘lashdan bosh tortish va bo‘yin tovlashning oldini olish to‘g‘risidagi konvensiya tasdiqlandi.

Vazirlar Mahkamasi hamda tegishli vazirlik va idoralarning rahbarlari mazkur xalqaro shartnoma kuchga kirgandan so‘ng O‘zbekiston Respublikasining majburiyatlarni bajarilishini ta’minlaydi.

Mavzuga doir:
O‘zbekistonda Rossiya IIVning pasport-viza xizmati vakolatxonasi ochiladi
Paxta terish mashinalarini sotib olish uchun kreditlar ajratiladi
Endi fuqaro sudga “SMS” xabar orqali chaqiriladi