2020-yil 16-sentabr soat 18:00 holatiga ko‘ra, O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 49 015 (+239) nafarni tashkil etmoqda. Bu haqda Sog’liqni saqlash vazirligi xabar qildi.

Foto: SSV axborot xizmati

Yangi kasallanish holatlarining 201 nafari Toshkent shahrida, 22 nafari Toshkent viloyatida, 11 nafari Sirdaryo viloyatida hamda 5 nafari Andijon viloyatida tana harorati ko‘tarilganligi hamda koronavirusga chalingan bemorlar bilan muloqotda bo‘lganligi sababli namuna olingan fuqarolar orasida aniqlangan.

Shu bilan birga, Olmaliq shahrida yashagan 69 yoshli A.X. (erkak) hamda Zangiota tumanida yashagan 65 yoshli Yu.I. (erkak), jami 407 (+2) nafar koronavirusga chalingan bemor vafot etdi.

Bugun ayni paytga qadar Toshkent shahrida 231 nafar, Toshkent viloyatida 62 nafar, Namangan viloyatida 18 nafar, Buxoro viloyatida 16 nafar, Andijon viloyatida 11 nafar, Samarqand viloyatida 9 nafar, Sirdaryo viloyatida 7 nafar, Surxondaryo viloyatida 5 nafar, Qashqadaryo viloyatida 3 nafar, Qoraqalpog‘iston Respublikasida 2 nafar bemor tuzaldi.

Shunday qilib, yurtimizda 45 422 (+364) nafar koronavirus infeksiyasiga chalingan fuqarolar (93 foiz) sog‘aygan.

Hozirda mamlakatimizda 3186 nafar bemorga shifokorlarimiz tomonidan belgilangan standartlar bo‘yicha davo choralari ko‘rilmoqda.