Xabaringiz bor, joriy yilning 27 fevralidan e’tiboran Saudiya Arabistoni yangi koronavirus tarqalishining oldini olish uchun qator cheklovlar joriy qilgandi. Xususan, hukumat musulmonlar uchun Umra ziyoratini amalga oshirish va Madinada Nabaviy Masjidini ziyorat qilishni  vaqtincha to‘xtatib qo‘ygan edi. 

UMRA HAJ
Foto: Daryo

Bu orada doim odamlar bilan gavjum bo‘lgan Makka shahridagi Masjid al-Haram masjidi, jumladan Ka’ba atrofi tozalash va dorilash ishlari sabab bo’sh qolgandi.

“Qalampir” nashri xabariga ko’ra Saudiya Arabistoni podshohligi Ka’ba yana ziyoratchilar uchun ochilganini e’lon qildi. 

Ma’lumot o‘rnida, koronavirus bugungacha 89 mamlakatda aniqlandi. Ro‘yxatda Saudiya Arabistoni ham bor. Mamlakatda kasallik chalinganlar 7 kishini tashkil etmoqda. Dunyo bo‘ylab ushbu virus bilan og‘rigan 106 052 nafarga yetdi. Qurbonlar soni esa 3600 kishi tashkil etmoqda. Kasallikni ortda qoldirib, davolanganlar esa 59 835 tani tashkil etmoqda.