Ma’lumki, joriy yilda oliy harbiy ta’lim muassasalariga kirish test sinovlari davlat oliy ta’lim muassasalarining bakalavriat ta’lim yo‘nalishlariga kirish test sinovlari bilan bir vaqtda 2-13-sentabr kunlari Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahrida o‘tkazildi.

Foto: Google

Bunda respublika bo‘yicha 7 ta oliy harbiy ta’lim muassasalariga o‘qishga kirish uchun ro‘yxatdan o‘tgan 8 mingdan ortiq talabgorlar test sinovlarida ishtirok etdi.

Mazkur talabgorlarning test natijalari 2020-yil 16-sentabr kuni belgilangan tartibda oliy harbiy ta’lim muassasalariga taqdim etildi.

Mavzuga doir:
Qo‘qon universitetiga kirish test sinovlari o‘tkazildi
Yapon tashkiloti O‘zbekistonda universitet ochishi mumkin
Madrasalarda qabul imtihonlarini o‘tkazish kunlari belgilandi

Davlat komissiyasining 1-son bayoniga muvofiq, oliy harbiy ta’lim muassasalariga tavsiya etilmagan talabgorlar ro‘yxatdan o‘tishda o‘zlari tanlagan harbiy bo‘lmagan oliy ta’lim muassasalarining beshtagacha bakalavriat ta’lim yo‘nalishlarida tanlovda ishtirok etish huquqiga ega.