2020-yil 13-sentabr kuni Davlat test markazi tomonidan 2020-2021-o‘quv yili uchun Qo‘qon universitetiga kirish test sinovlari o‘tkazildi. Bu haqda DTM xabar qildi.

Foto: Google

Qayd etilishicha, test sinovlari Qo‘qon shahri markaziy o‘yingohida bir smenada 08:00 dan 11:00 gacha bo‘lib o‘tdi.

Pandemiya sharoitidan kelib chiqqan holda, test sinovlarida sanitariya-epidemiologiya qoida va me’yorlariga to‘liq rioya etildi.

Test sinovlari ochiq stadionda, videokuzatuv ostida, Davlat test markazi vakillari, jalb etilgan nazoratchilar va jamoatchilik vakillari tomonidan o‘rnatilgan tartib asosida oshkora va shaffof tarzda o‘tkazildi.

Test sinovi natijalari 15-sentabr kuni belgilangan tartibda Qo‘qon universitetiga taqdim etildi.

Mavzuga doir:
Test imtihonlari bo‘yicha apellatsiya qachon boshlanishi ma’lum bo‘ldi
Javoblar varaqasidagi chang test natijalarini xato hisoblanishiga olib kelmagan – DTM