Hindistonlik 23 yoshli doktor Viragandham Teja to‘rt yilda naq 16 ta kasalxonada ishlab chiqishga, hatto koronavirus bemorlarini davolashga ham ulgurdi.

Foto: Google

Leonardo di Kaprioning “Eplasang tutib ol” filmidagi personaji qanchalik uchuvchi bo‘lsa, Viragandham o‘shanday shifokor bo‘lib chiqdi.

Ma’lum bo’lishicha, avvaliga sobiq xotini unga qarshi psixologik va jismoniy ta’qibni taqiqlovni rasmiylashtiradi. Keyinroq Viragandham o‘zi shifokor sifatida hamkorlik qilib turadigan politsiya mahkamasiga bir fuqaroning ishini yopishni maslahat berdi.

Keyinchalik o‘sha ishi yopilishi so‘ralgan fuqaroning mashinasini Viragandham haydab ketayotganini ko‘rib qolishadi.

Shubha-gumon yomonda: huquq posbonlari sekin hujjatlarni titkilay boshlashdi va ko‘zlariga ishonishmadi: Viragandham tibbiyot sohasida umuman tahsil ko‘rmagan ekan. Beshinchi sinfda o‘qib yurganida maktabdan va uyidan qochib ketgan bo’lib chiqdi.

Hindistonning katta-katta shaharlarida yemak va ichimlik sotib jon saqlab yurgan Viragandham kunlarning birida doktor Purushottam Reddiga duch kelib qolmaganida holi ne kechardi.

Xullas, barchasi hindcha kinolardagidek, bolaga joni achigan “yaxshi amaki” kerakli maslahatlarni berib, hatto o‘qishga qabul qilishlari uchun tavsiya ham yozib beradi.

Mavzuga doir:
Hindiston vakili norozilik ramzi sifatida ShHT uchrashuvini tark etdi
Hindistondagi maktabda eng yaxshi o’quvchilarga skuter sovg‘a qilinmoqda

“Hindcha kino” shu yerda tugaydi: sotuvchilik qon-qoniga singib ketgan Viragandham keyinchalik o‘ziga yaxshilik qilgan doktorning nomidan xo‘p foydalanadi, attestat va tibbiyot maktabi sertifikatini esa sotib oladi.

Shu hujjatlarning o‘zi kasalxonadagi internaturadan o‘tib olishiga kifoya qildi, bu yerda to‘plagan bilimlari va uddaburonligi bir bo‘lib naq to‘rt yil shifokorlik qilib yurdi.