O’tgan kun davomida Chexiyada koronavirus bilan kasallanganlarning soni rekord darajada o’sdi – 1677 kishi, bu shanba kuni qayd etilgan eng yuqori ko’rsatkichdan 136 holatga ko’pdir, deya xabar qildi bugun respublikaning Sog’liqni saqlash vazirligi.

Foto: O’zA

“Mamlakatda kundan kunga koronavirusga tekshirilganlar soni ko’payib bormoqda, bu esa holatlar bo’yicha ma’lumotlarning o’sishiga yordam beradi. Agar avgust oyida kuniga 10 mingdan ortiq odam sinovdan o’tkazilmagan bo’lsa, so’nggi kunlarda testlar soni 19 mingga ko’paygan.

Ammo so’nggi ikki hafta ichida kasallanganlarning umumiy soni bilan bir vaqtda kasalxonaga yotqizilganlar soni ikki baravarga va og’ir ahvolda bo’lganlar soni to’rt baravarga oshdi”
, – deyiladi vazirlik xabarida.

Hozirgi vaqtda Chexiyada 15 807 kishi koronavirus bilan kasallangan bo’lib, ulardan 333 nafari kasalxonaga yotqizilgan, shundan 78 nafari og’ir ahvolda.

Pandemiya paytida mamlakatda koronavirus bilan kasallanganlarning umumiy soni 38 896 kishini tashkil etadi, ulardan 22 613 nafari davolandi, 476 nafari esa vafot etdi.

Mavzuga doir:
Praga istirohat bog’larida chekishni taqiqladi
Chexiyada Stalin haykali sotuvga qo’yildi
Chexiyada so‘nggi 500 yil davomida eng kuchli qurg‘oqchilik kuzatilmoqda

So’nggi ma’lumotlarga ko’ra, dunyoda 29 milliondan ortiq koronavirus virusi yuqtirilgan, ulardan 933 ming nafari infeksiya tufayli vafot etganlardir.