Yangi shtammdagi koronavirus bosh miyaga kirish xususiyatiga ega, deb yozadi yaponiyaning “Japan Today” nashri Yels universiteti immunologi Akiko Ivasakiga tayangan holda.

Foto: RIA Novosti

Olimlar bosh ogʻrigʻi va fikrlashdagi chalkashliklar singari simptomlar tufayli shunday xulosaga kelganlar.

Shu paytga qadar shifokorlar koronavirus tufayli yuzaga kelayotgan nevrologik oqibatlar anomal immun javob natijasi boʻlishi mumkin, deya hisoblashar edilar. Infeksiyaga organizmning reaksiyasi miya yalligʻlanishini keltirib chiqarishi taxmin qilinardi.

Tadqiqotlar davomida maʼlum boʻldiki, koronavirus toʻgʻridan-toʻgʻri miyaga kirib, miya toʻqimalari ichida koʻpayish xususiyatiga ega. Olimlarning aniqlik kiritishicha, voqealarning bunday rivojida bosh miyaning sogʻlom toʻqimalari kislorod yetishmovchiligini his eta boshlaydi.

Yels universiteti mutaxassislari koronavirusning miyaga kirish gipotezasini uchta usul yordamida tekshirib koʻrdilar: bu laboratoriyada yetishtirilgan “mini-miya” bilan infeksiyalanish, gen-modifikatsiyalangan sichqonlar va COVID-19 oqibatida vafot etganlar miyasini tadqiq qilish.

Olimlar tomonidan oʻtkazilgan barcha tajribalar shuni tasdiqladiki, koronavirus atrofdagi hujayralarni oʻldiradigan neyronlarni infeksiyalar ekan.

Buning oqibatida esa miyaga kislorod borishi juda sekinlashishi maʼlum boʻldi.

Bundan tashqari, mutaxassislar miyaning infeksiyalangan sohalarida immun hujayralar, xususan, T-hujayralarni aniqlay olmaganlar. Bu immun javobning zoʻrayishi koronavirusga chalingan bemorlardagi nevrologik kasallik belgilari bilan umuman aloqador emasligiga ishora qilishi mumkin.

Mavzuga doir:
Koronavirusni to‘liq zararsizlantiruvchi modda topildi
Olimlar Venerada hayot belgilarini topishdi

So’nggi ma’lumotlarga ko’ra, dunyoda 29 milliondan ortiq koronavirus virusi yuqtirilgan, ulardan 933 ming nafari infeksiya tufayli vafot etganlardir.