Internet tarmog‘ida Toshkent shahar Shayxontohur tumanida amaldagi sanitariya-epidemiologiya talablarini buzgan holda o‘tkazilgan to‘y tadbiri haqida ma’lumotlar tarqamoqda.

Foto: Toshkent shahar IIB axborot xizmati

Toshkent shahar IIBB ma’lum qilishicha, foto va videolardagi mehmonlar soni 50 dan oshgan. Koronavirus infeksiyasi tarqalishi bilan bog‘liq yuqori xavf sharoitida bunday ishlarga yo‘l qo‘yib bo‘lmaydi.

Ma’lum qilinishicha, SEX ishchilari tomonidan mazkur fakt asosida tadbirni tashkillashtirgan 32 yoshli Vohidjon I. O‘zbekiston Respublikasi Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksining 54-moddasiga ko‘ra jarimaga tortildi.

Qayd etilishicha, unga EKIHning 5 baravari miqdorida jarima belgilangan.

Ma’lumot uchun, xonanda Vohidjon Isoqov 14-sentabr kuni bo‘ydoqlik bilan xayrlashdi. Uning to‘yi Tashket City parkida bo‘lib o‘tdi.

Mavzuga doir:
Kipr to‘ylarida raqsga tushish taqiqlandi
Ispaniya hukumati karantin cheklovlarini kuchaytirmoqda

Eslatib o’tamiz, avvalroq “Bravo”chilardan Ahmad Temurov ham karatin qoidalariga zid ravishda to‘y qilgani uchun jarimaga tortilgani haqida xabar berilgandi.