Mazkur holat yuzasidan Shahrisabz shahar IIB huzuridagi Tergov bo‘linmasi tomonidan Jinoyat kodeksining 270-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Bu haqda Tergov departamenti axborot xizmati xabar qildi.

Foto: Tergov departamenti axborot xizmati

Shu yilning 11-sentabr kuni soat 19:00 da Shahrisabz shahar IIB xodimlari tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbir davomida, 63 yoshli A.G., ning yashash uyi hovlisi ko‘zdan kechirilganida, 2 ta taxtadan yasalgan idishda, 2 ta temir chelakka va 5 ta yelim idishda hamda 1,5 m2. maydonida ekilgan jami 11 tup kannabis giyohvandlik o‘simliklari topilgan.

Shuningdek ularning yonida yelim idishlarda 25 dona balandligi 2 sm. dan 12 sm. gacha bo‘lgan kannabis giyohvandlik o‘simligi nihollarini ekib parvarishlab kelayotganligi, shu bilan birga 11 tup o‘simliklardan yulib olinib quritish uchun qog‘oz bo‘lagiga yoyib qo‘yilgan 5.1 gramm “marixuana” giyohvandlik vositasi borligi aniqlanib, ashyoviy dalil tariqasida rasmiylashtirib olingan.

Mazkur holat yuzasidan Shahrisabz shahar IIB huzuridagi Tergov bo‘linmasi tomonidan A.G.,ga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 270-moddasi 1-qismi (taqiqlangan ekinlarni yetishtirish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Mavzuga doir:
Jizzaxda 300 mln. so‘mlik qo‘ylarni o’g’irlab ketgan shaxsga jinoyat ishi ochildi
Navoiyda nafaqaxo‘rni tunagan shaxslar ushlandi
Farg’onada chaqalog‘ini 1500 dollarga sotayotgan ona qo‘lga olindi

Dastlabki tergov jarayonida A.G., jinoyat ishida gumon qilinuvchi tariqasida jalb qilingan. Hozirda dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.